O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boris Jonsonga Konservatorlar partiyasi yetakchisi saylovida g‘alaba qozongani hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi bosh vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Boris Jonson partiya saylovida tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant ustidan g‘alaba qozongan edi. Ovoz berish jarayonida partiyaning 160 mingga yaqin a’zosi ishtirok etdi. Jonson 92,1 ming yoki 66 foiz ovoz to‘pladi.

Buyuk Britaniyaning amaldagi bosh vaziri Tereza Mef may oyi oxirida Brexit jarayonlarini yakuniga yetkaza olmaslik borasidagi tanqidlardan so‘ng iste’foga chiqqan edi. U saylovga qadar hukumat va partiya rahbari vazifasini bajardi.