24 iyul kuni Toshkentda (Tepamasjid ko‘chasi 4- uy — xarita) dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki — IT Park ochildi. Ochilish marosimida O‘zbekiston AT va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, uning birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov hamda Hindiston Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati (STPI) bosh direktori Omkar Rai ishtirok etdi. Parkka Mirzo Ulugbek Innovation Center innovatsion texnologiyalar markazining sobiq rahbari Farhod Ibragimov direktor bo‘ldi.IT Park istiqbolli startap-loyihalarni ishga tushirish va ilgari surish uchun biznes-inkubatsiya dasturlarini amalga oshirish, akseleratsiya va vensur moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Parkning asosiy vazifasi eksportga yo‘naltirilgan yangi ish o‘rinlarini ochishni ko‘zda tutuvchi raqobatbardosh startap-ekotizimlarni yaratishdan iborat.

Konsultativ kengash tomonidan saralashgan 15 ta startap-jamoa IT-Park`ning ilk rezidentlariga aylandi.

Akseleratsiya dasturi bo‘yicha:

  • Fastago — Igor Kim;
  • Document Scanner — Shuhrat Zohidov;
  • Electronic Shelf Label — Muzaffar Mahkamov;
  • Agromart — Akbar Boboxonov;
  • Arzon Apteka — Danik Kamilov;
  • Meteostation — Vladimir Alatarsev.

Inkubatsiya dasturi bo‘yicha:

  • Revisor — Islomali Nuraliyev;
  • Event — Shohruxxon Umarov;
  • Altmed — Mahmudjon Sodiqov;
  • Worklance — Bekzodxon Mahkamov;
  • Delivera — Aziz Qurbonov;
  • Spherra — Rustam Yuldashev;
  • AydaTuda — Vladislav Vavilov;
  • Patient Monitor — Murod Oxunov;
  • LockerPost — Rustam Asimov.

Texnopark hududida kovorking markazi, IT-akademiya, IT-laboratoriya va IT-mehmonxona ochish rejalashtirilgan. IT-tadbirkorlikni rivojlantirish uchun hududlarda ham park filiallarini ochish rejalashtirilgan.

IT Park rezidentlari 2017 yil 30 iyundagi prezident farmoni bilan imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ular 2028 yilgacha barcha turdagi soliqlar va maqsadli davlat jamg‘armalariga majburiy to‘lovlardan, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lov hamda bojxona bojlari (yig‘imlardan tashqari) ozod qilingan.

Texnologik park direktori Farhod Ibragimov «Gazeta.uz"ga bergan intervyusida IT Park va Mirzo Ulugbek Innovation Center (MUIC) o‘rtasidagi farqlarni tushuntirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, texnoparkda asosiy urg‘u mahsulot yaratishga qaratiladi.

«MUIC`da urg‘u dasturiy ta’minotni ishlab chiqish jarayoniga qaratilaredi, bu yerda esa biz mahsulot ishlab chiqaramiz, uning miqyosini oshiramiz va O‘zbekiston sarhadlaridan tashqariga chiqaramiz. Biz uni inkubatsiya qilamiz, ular bilan yonma-yon ishlaymiz», — dedi u.

Farhod Ibragimov IT park rezidentlari qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishini izohladi. «Men o‘z biznesini boshlashni xohlagan, lekin doimo ham amalga oshavermaydigan ko‘plab do‘stlarimizni ko‘rdim. Biz mahsulotni tanitish va uni mamlakat sarhadlaridan chetga olib chiqish uchun ularga respublika va xorijdan yetarlicha mentorlarni yig‘ib berishimiz mumkin», — dedi park direktori.

Loyihalar venchur jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan ham moliyalashiriladi.

«Hozircha loyihalar takomilga yetkazilmoqda, deylik uch oy va undan ko‘proq oy ichida biz mablag‘larni to‘plash uchun jamg‘arma tashkil etamiz. Ushbu jamg‘armaning o‘ziga xosligi shunda bo‘ladiki, biz loyihalarni mustaqil moliyalashtira olmaymiz. Biz hamkor tashkilot ham, qaysidir vensur jamg‘arma yoki xususiy investor, moliyalashtirishga qiziqish bildirgan holatdagina moliyalashtiramiz», — dedi u.

Farhod Ibragimov parallel ravishda texnopark vensur moliyalashtirish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bilan shug‘ullanishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.