Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) O‘zbekiston nomidan maydonga tushgan erkin kurashchi (120 kg gacha) Artur Taymazovni dopingga qarshi qoidalarni buzganlikda ayblab 2012 yilgi Olipiya o‘yinlari oltin medalidan mahrum qildi.

Sportchi doping namunasini takroran tekshiruvdan o‘tkazish vaqtida taqiqlangan degidroxlormetiltestosteron (peroral turinabol) moddasi aniqlandi.

XOQ Intizom komissiyasi Artur Taymazov natijalarini bekor qilib, unga Olimpiada-2012 medali, diplomi va belgisini qaytarish majburiyatini yukladi.

Sportchining o‘zi ushbu ayblovni tan olmadi, u XOQ qarorini siyosiy maqsadlarga qaratilgan va asossiz deb atadi. Kurashchining so‘zlariga ko‘ra, Xalqaro antidoping agentligi faoliyatini jiddiy qabul qilib bo‘lmaydi. Chunki «ushbu tashkilot faoliyati, shuningdek uning «ekspertiza"lariga asoslanilgan qarorlari allaqachon o‘z obro‘sini yo‘qotgan».

«XOQqa Tokiodagi Olimpiada-2020 g‘oliblarini 10 yildan keyin taqdirlash, sportchilarga esa tekshiruvdan 10 o‘tmagunga qadar o‘zini g‘olib deb hisoblamasliklarini tavsiya qilaman», — deb yozdi Artur Taymazov Instagram sahifasida.

Artur Taymazov Pekindagi Olimpiada-2008 oltin medalidan ham mahrum qilingan edi. Uning doping namunasi qayta tekshiruvdan o‘tkazilganida, taqiqlangan turinabol va stanozolol moddalari aniqlangan.

Artur Taymazov (1979 y. t.) — O‘zbekiston termasi safida maydonga chiqqan osetin erkin kurashchisi. O‘zbekiston nomidan chiqib, Londondagi Olimpiada-2012, Afinadagi Olimpiada-2004 chempioni, Sidneydagi Olimpiada-2000 kumush medali sohibi bo‘lgan. Hozirda Artur Taymazov Shimoliy Osetiya saylov okrugidan Rossiya Davlat Dumasi deputati sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.