O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 iyul kuni kichik biznes, a tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirishga chaqirdi.

Davlat rahbari viloyat, tuman va shahar hokimlari hamda ularning birinchi o‘rinbosarlari butunlay yangicha ishlashlari, o‘z vaqtlarining 70 foizini tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratishi lozimligini ta’kidladi.

«Bu ham bir tarixiy yig‘ilish. Agar biz tadbirkorni qo‘llab-quvvatlamasak iqtisodiyot ishlamaydi, kelgusi yili to‘xtab qolamiz bu rivojlanishdan. Biz katta marra oldik. Zaminimiz boy, odamlarimizni boy qilish imkoniyatimiz bor. Ishchi joyi orqali. Daromad topish o‘zimizning qo‘limizda. Juda katta sabr-toqat, matonat, Vatanga sadoqat bilan ishlasak natija bo‘ladi. Shuning uchun bir haftada uch kun tadbirkor bilan ishlash vaqt-soati keldimi-yo‘qmi? Bu yangi tizim. Yuragimning dardi, armonlari bu. Imkon bor», — deya ta’kidladi u.

Avvalroq prezidentning «asosli zarurat bo‘lmagan holda tadbirkorlarga tegishli mol-mulkni buzishga umuman yo‘l qo‘yilmasligi zarur va shart», — deya barcha hokimlarni qat’iy ogohlantirgani xabar qilingan edi.