2019 yil 20 iyul kuni soat 17:30 larda 1976 yilda tug‘ilgan Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari M.T. «Hisor Sarlochin» MCHJga tegishli savdo do‘konlarini buzish ishlarini tashkillashtirayotgan vaqtda mazkur jamiyatda ishlovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro B.I. o‘ziga tegishli savdo do‘konini buzilishiga faol qarshilik ko‘rsatib, M.T.ning yuz qismiga yelim idishda bo‘lgan benzin yoqilg‘isini sepib, uni yoqib yuborgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Oqibatda, M.T. tanasining 35−40 foizi kuyib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tegishli protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.