O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Meri Elis Xeyvordga agentlik bosh direktori Yukiya Amanoning vafot etgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Yukiya Amano 73 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. BMT Yangiliklar markazining xabar qilishicha, dushanba kuni u o‘z iste’fosi to‘g‘risida xabar qilishni rejalashtirgan. Amano XAEAga 2009 yildan rahbarlik qilib kelayotgan edi, unga qadar esa ushbu tashkilotning Yaponiyadagi doimiy vakili bo‘lgan.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish o‘z ta’ziyanomasida Yukiya Amanoning tinch maqsadlardagi atom sanoati rivojiga ulkan hissa qo‘shgani ta’kidlanadi.

1957 yilda tashkil etilgan XAEA yadro ishlanmalari sohasidagi xalqaro hamkorlik markazi hisoblanib, bosh qarorgohi Venada joylashgan.