O‘zbekistonda 1 oktyabrdan transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) o‘rtasida transport vositasidan foydalanish to‘g‘risidagi ishonchnoma bekor qilinishi mumkin. Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, 2020 yil 1 yanvardan yuridik shaxslarning, xususan bank va boshqa kredit tashkilotlarining korxonani ijaraga, tekin foydalanishga berish, yangi ko‘chmas mulk va transport vositalari bo‘yicha lizing, garov (ipoteka) shartnomalari bekor qilinishi mumkin. Bunda, garov (ipoteka) shartnomalarini rasmiylashtirgan bank va boshqa kredit tashkilotlari mol-mulkka taqiq qo‘yish va yechishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali mustaqil amalga oshiradi.

O‘zbekiston Markaziy bankiga Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda bank va boshqa kredit tashkilotlariga mazkur bandda nazarda tutilgan garov (ipoteka) shartnomalari doirasida taqiq qo‘yish va yechish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha choralar ko‘rish topshirilgan.