20 iyul kuni 21:50 da «Gazli-Chimkent» magistral gaz quvurining Buxoro viloyati Shofirkor tumanidan o‘tgan 76-kilometrida avariya sodir bo‘ldi. Natijada yong‘in sodir bo‘ldi, deyiladi «O‘ztransgaz» kompaniyasi rasmiy axborotida.

Yong‘in kompaniya va mutasaddi xizmatlar xodimlari kuchlari yordamida bartaraf etildi. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Avariya-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati olovni bartaraf etish ishlariga to‘rtta o‘t o‘chirish guruhi jalb etilganini ma’lum qildi.

Kompaniyadan «Gazeta.uz"ga aniqlik kiritilishicha, dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan hamda metallar ishqalanishi natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Avariya-qutqaruv ishlari vaqtida gaz yetkazib berish to‘xtatilgan. Transportirovkaning 23 iyulda qayta tiklash rejalashtirilmoqda. Magistral gaz quvuri orqali gaz yetkazib berishning vaqtinchalik to‘xtatilishi iste’molchilarga ta’sir qilmaydi, deya qayd etdi «O‘ztransgaz».