Prezidentning 2019 yil 5 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 5611-sonli farmoni bilan tasdiqlangan «2019−2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi"ni amalga oshirish bo‘yicha «2019 yilgi chora-tadbirlar rejasi"ga muvofiq, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi hududlarining turistik brendlarini ishlab chiqishga doir tanlov e’lon qilgan edi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tanlovning yakuniy bosqichi rasman yakunlanganini ma’lum qildi.

O‘tkazilgan ochiq umumxalq onlayn ovoz berish natijalariga ko‘ra, viloyatlarning 9 turistik logotiplari tanlab olindi. 5 nominatsiyada g‘olib aniqlanmadi, sababi ovozlarning 20 foizdan ortig‘i «barchasiga qarshi"ga berildi.

Andijon, Jizzax, Navoiy, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun turistik logotiplarni saralash bo‘yicha tanlov qaytadan o‘tkaziladi. Qaytadan o‘tkaziladigan tanlov haqida batafsil ma’lumotlar qo‘mita sayti orqali e’lon qilinadi.