Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Ayritom» chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga xorijdan kirib kelgan fuqarosi R.N. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada, uning sumkasining astari ichida 9 mm kalibrli pistolet uchun mo‘ljallangan patron yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga ko‘ra, bojxona nazoratini chetlab, bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona xujjatlariga o‘xshatib yasalgan xujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib, qurol-yarog‘, o‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tkazish kontrabanda jinoyati hisoblanib, besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.