O‘zbekistonda elektromobillarni (kod TN VED 870380) olib kirganlik uchun aksiz solig‘i bekor qilindi. Bu haqda prezidentning 18 iyuldagi qarorida so‘z boradi. 8703 raqami ostidagi qolgan avtomobillar guruhlari uchun 30 foizlik aksiz solig‘i saqlanib qoldi.

1 yanvardan elektromobillar uchun bojxona bojining nol stavkasi ham o‘rnatilgan. Endilikda elektrokarni olib kirishda faqatgina QQS va bojxona rasmiylashtiruvi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasi to‘lovlarini to‘lash lozim.