O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Mavlonov Akmalxo‘ja Yusupovich Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Akmalxo‘ja Mavlonov tayinlovga qadar O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, Xorazm viloyati prokurori, Sirdaryo viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Namangan viloyatining avvalgi prokurori Rashid Rahmatov iyul boshida Bosh prokuraturaga Nig‘matulla Yuldashev rahbar bo‘lishidan ko‘p o‘tmay lavozimini tark etgan edi.