Toshkent shahar IIBB tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari dam olish kunlarisiz ishlashmoqda, deya xabar qildi poytaxt boshqarmasi matbuot xizmati. Shanba va yakshanba kunlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida ish kunlari bo‘lib, 8.00 dan 20.00 gacha faoliyat ko‘rsatadi.

IIBBning eslatib o‘tishicha, 2020 yilning 1 yanvar kunidan egasining biometrik ma’lumotlari bo‘lmagan pasportlar bekor hisoblanadi. Biometrik pasportni rasmiylashtirish uchun MvaFRB bilan bog‘liq ishlarni kechiktirmaslikni so‘radi. Bu ishlarni qulay bo‘lgan kunda amalga oshirish mumkin, hattoki yakshanba kuni ham.

Shuningdek, yakshanba kunlari barcha tuman MvaFRBlariga pasport-viza tartibi bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha ham murojaat qilish mumkin. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish masalasi, propiska va ro‘yxatdan chiqish masalalari shular jumlasidan.