Amerikaning Delta Telecom International kompaniyasi O‘zbekistonda mobil telefonlarini IMEI-kodlar (International Mobile Equipment Identity) bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimini joriy qilish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi, deya xabar qildi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati. Korxona Informational technology center nomini oldi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi qarorida mobil qurilmalarni IMEI bo‘yicha ro‘yxatga olishni joriy etish ko‘zda tutilgan. 1 apreldan majburiy ro‘yxatga olish amalga joriy qilindi. Uskuna maqomini uzimei.uz sayti orqali bilish mumkin.

Korxonadagi Delta Telecom ulushi 51 foizni, QKning ustav kapitali esa 22 mlrd so‘m (2,5 mln dollar)ni tashkil etadi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Delta Telecom LLC kompaniyasiga 1995 yilda Moskvada asos solingan va 2011 yyil 11 noyabr holatiga ko‘ra, o‘z navbatida «MegaFon» tuzilmasiga kiruvchi Rossiyaning NetByNet telekommunikatsiya kompaniyasi sho‘’ba kompaniyasi hisoblanadi.