16 iyul kuni Shveysariyada velotrek yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan «UCI Ladies Omnium Zurich-Oerlikon» xalqaro musobaqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya bronza medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 12 iyul kuni Amerikaning Aydaho shtatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan «Chrono Kristin Armstrong» xalqaro musobaqasida Olga Zabelinskaya kumush medaliga sazovor bo‘lgan edi.

Ahamiyatli tomoni shundaki, mazkur xalqaro musobaqalarning barchasi Tokio olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladi.