O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va maxsus unvonga ega xodimlariga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransportlarni sotib olishga imtiyozli kreditlar beriladi.

Unga ko‘ra, yiliga 300 tagacha avtotransport sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kredit beriladi:

kredit muddati — 5 yilgacha;

dastlabki badal — avtotransport qiymatining 20 foizi miqdorida;

kredit foiz stavkasi — Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining plyus 2 foiz miqdorida;

kredit bo‘yicha ta’minot — sotib olinadigan avtotransport garovga qo‘yiladi.