Joriy yil 16 iyul kuni Toshkent shahar IIBBga firibgarlik jinoyati bilan bog‘liq hujjat to‘plamlari kelib tushdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

2019 yil 27 may kuni Shayxontohur tumanida yashovchi 34 yoshli I.N. ismli ayol o‘zi rahbarlik qilayotgan «Star Tour» MCHJ binosida Buxoro tumanida yashovchi 32 yoshli A.N.ga Umra safariga ketgan 24 nafar fuqarolarni Saudiya Arabistonida joylashgan mehmonxonaga joylashtirish uchun pul kerakligini, pulni tez kunda qaytarishini aytib, aldov yo‘li bilan undan 61 000 AQSH dollarini olib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.N. ismli ayol qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.