Adliya katta maslahatchisi Elmuradov Saydulla Fayzullayevich Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Saydulla Elmuradov tayinlovga qadar Toshkent viloyat prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U 2018 yil 24 iyuldan buyon mazkur lavozimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Ulug‘bek Anvarov o‘rniga tayinlandi. Ulug‘bek Anvarovning qaysi vazifaga tayinlangani xabar qilinmadi.