Dilshod Nadjimovich Fayziyev Buxoro viloyati prokurori etib tayinlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Tayinlovga qadar u Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Dilshod Fayziyev Toshkent prokurori lavozimiga tayinlangan Bahriddin Valiyev o‘rnini egalladi.