16 iyul kuni 15:45 da Toshkent va Farg‘ona vodiysida kuchsiz zilzila qayd etildi. Yer osti silkinishlarining o‘chog‘i qo‘shni Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumani hududida, O‘zbekiston chegarasiga yaqin hududda joylashgan.

O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentdan 209 km masofada joylashgan epitsentrda zilzila magnitudasi 4,5 ni tashkil etgan.

Toshkentda yer silkinishi kuchi 2 ball, Namanganda (epitsentrdan 102 km) va Andijonda (119 km) ham 2 ball, Farg‘onada esa (55 km) 3 balni tashkil etdi.