Joriy yilning 23 iyul kuni «Samarqand — Qarshi» uchaskasi oralig‘ida profilaktika ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan «Toshkent — Qarshi» yo‘nalishida harakatlanadigan 758/757-sonli «Afrosiyob» elektropoyezdi shu kuni o‘z qatnovini Toshkentdan Samarqandgacha amalga oshiradi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xabar berdi.

Shuningdek, ushbu sanada 8/7-sonli «Toshkent — Shahrisabz» yo‘nalishidagi tezyurar poezd qatnovi bekor qilinadi. Ushbu kunga xarid qilingan chiptalar vokzal kassalarida to‘liq qiymatda qaytariladi.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin, deyiladi xabarda.