Bahriddin Bahodirovich Valiyev Toshkent prokurori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Avvalroq «Gazeta.uz» Toshkent prokurori Sherzod Obloqulov hamda poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori Timur Normuxamedov lavozimidan chetlashtirilgani to‘g‘risida xabar qilgan edi.

Bahriddin Valiyev 2017 yil martidan buyon Buxoro viloyati prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. U avvalroq Toshkent prokurori sifatida ham ish olib borgan.