15 iyul kuni O‘zbekiston OTMlari bakalavriatida o‘qish uchun hujjatlar qabul qilish jarayoni yakunlandi. Davlat test markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 60 ta OTM va ularning filiallariga 1 million 66 ming 925 nafar abituriyent hujjat topshirdi (xorijiy OTMlar filiallari abituriyentlari hisobga olinmaganda).

Shundan runduzgi ta’lim shakliga — 718 097 nafar, kechki ta’lim shakliga — 13 821 nafar, sirtqi ta’lim shakliga — 335 007 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Eng yosh abituriyent 14 yoshni (14 yosh 212 kun), eng yoshi katta abituriyent esa 87 yoshni (87 yosh 182 kun) tashkil etdi.

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 90 ta oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyalari va 201 ta Davlat xizmatlari markazida 4500 dan ortiq operatorlar tomonidan amalga oshirildi.

Eng ko‘p Samarqand davlat universitetiga — 74377 (42197 — kunduzgi bo‘limga), Andijon davlat universitetiga — 45977 (29288), Qarshi davlat universitetiga — 44676 (24899), Farg‘ona davlat universitetiga — 42118 (26259) va Urganch davlat universitetiga — 39405 (25959) nafar abituriyent hujjat topshirdi.

Bir o‘ringa eng ko‘p O‘zbekiston milliy universititening Jizzax filialida — bir o‘ringa 29,47 kishi, Andijon tibbiyot institutida — 21,49 kishi, Samarqand davlat universitetida — 17,97, Termiz universiteti Denov filialida — 17,33 va Toshkent tibbiyot akademiyasining Temir filialida — 17,11 kishi hujjat topshirgan. O‘rtacha tanlov — bir o‘ringa 10,28 kishi.

2019−2020 o‘quv yilida talabalar qabul kvotasi bakalavriatning kunduzgi bo‘limlariga 80430 kishi, ta’limning sirtqi shakliga — 19985, kechkiga — 1985 kishini tashkil etadi. Magistraturaga 7695 nafar talaba qabul qilinadi.