Seshanbadan chorshanbaga — 16 dan 17 iyulga — o‘tar kechasi O‘zbekistonning barcha hududlarida qisman Oy tutilishi sodir bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Uchta osmon jismi — Quyosh, Yer va Oy — bu vaqtda bir chiziqda saf tortadi va Yerning soyasi Oy sathiga tushadi.

Oy tutilishi Toshkent vaqtida bilan 1:01 da boshlanadi. Bu vaqtda Yer soyasi Oy yuzasini qoplashni boshlaydi. 2:30 da Oy tutilishi eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi va Oy sathining 66 foizi soya bilan qoplanadi.

Quyosh tutilishidan farqli ravishda (o‘shanda Quyosh sathining bir qismi ko‘rinmaydi), Oy tutilishi vaqtida u ko‘rinib turadi. Faqatgina soya Oy sathi bo‘ylab harakatlanar ekan, u qizg‘ish jigarrang tusga kiradi.