14 iyul kuni Toshkentda ikki kishining cho‘kib o‘lishi holati qayd etildi. Bu haqda Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Soat 16:23 da Sergeli tumanida Junariq kanalida cho‘milishga qaror qilgan 32 yoshli Islom M. kuchli oqim natijasida cho‘kib ketdi.

21:04 atrofida Bektemir tumanida 36 yoshli Bekzod X. esa Toshkent halqa yo‘li yaqinida Chirchiq daryosida cho‘milish vaqtida cho‘kib ketdi.

IIBB toshkentliklar va poytaxt mehmonlarini ochiq suv havzalarida cho‘milish vaqtida ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.