Yoshi eng ulug‘ abiteriyent To‘xtamish Sultonov Surxondaryo viloyati Angor tumani Davlat xizmatlari markazi orqali oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirdi.

80 yoshli otaxon To‘xtamish Samarqand davlat universitetining Biologiyani o‘qitish metodikasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining davolash va pediatriya ishi yo‘nalishini tanladi.

«Shu kunlarda Davlat xizmatlari markazlarida 24 soat kunu-tun xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bugungi kunga qadar DXMlar orqali jami 102 678 nafar abituriyent OTMga imtihonga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, ulardan 49 307 nafari 2019 yil bitiruvchilari va 53371 nafari oldingi yillar bitiruvchilari», — deyiladi Davlat xizmatlari agentligi xabarida.

Dushanba, 15 iyul — OTMlarga kirish uchun hujjat topshiriladigan oxirgi kun.