25 iyun kuni muqaddam sudlangan 54 yoshli ayol X. A. 44 yoshli ayol M.G.ning o‘g‘lini Toshkent davlat yuridik universitetiga kiritib qo‘yish maqsadida 30 ming dollar olayotganda ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

X. A. Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko‘chasida kelishilgan pulning hammasini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.