O‘zbekiston boshqa mamlakatlar suveren obligatsiyalariga sarmoya kiritish hamda zaxiralaridagi oltin ulushini qisqartirishga o‘tadi. Bu haqda Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki rahbari Mamarizo Nurmuratov 3−5 iyul kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Xalqaro moliya kongressi maydonlarida ma’lum qildi.

«Biz AQSH g‘aznachilik veksellari hamda boshqa davlatlar, jumladan Xitoy qarz majburiyatlarini sotib olishni xohlaymiz, — dedi Mamarizo Nurmuratov. — Oltin ulushi 50 foizga yaqinroqni tashkil etmoqda, biroq kelgusida u qisqarishi mumkin».

Bu, Bloomberg agentligining qayd etishicha, boshqa davlatlardagi modeldan ajralib turadi — Xitoydan Polshagacha dunyo mamlakatlari global inqiroz hamda geosiyosiy stress ehtimolidan himoyalanish uchun oltin sotib olmoqda.

Ayni paytda O‘zbekiston qazib olinayotgan barcha oltinni to‘plamoqda, shuning uchun so‘nggi yillarda zaxiralar hajmi oshmoqda. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1 iyun holatida olti-valyuta zaxiralari 25,8 mlrd dollarni tashkil etdi(yil boshidan buyon 557 mln dollar kam).

«Oltin ulushi kamroq bo‘ladi, chunki oltin-valyuta zaxiralari hajmi o‘sib boradi va biz ko‘proq oltin sotamiz», — deya izoh berdi Markaziy bank raisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 4−5 yildan so‘ng o‘zbek ishlab chiqaruvchilari jahon bozorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri oltin sota oladilar. Ayni vaqtda, deya qayd etdi u, Markaziy bank mahalliy kompaniyalar ishlab chiqargan oltinni so‘mda xarid qilib, valyuta bozorida dollarda sotmoqda.

Joriy yilda so‘m 2 foizga (9 iyuldagi kurs — 1 dollar uchun 8578 so‘m) pasaydi. Markaziy bank rahbari o‘suvchi o‘zgaruvchanlikni (volatillik) zarur hodisa, me’yordagi, sog‘lom jarayonning bir qismi deb atadi.

Xalqaro moliya kongressi doirasida Markaziy bank rahbari O‘zbekiston joriy yilda ko‘proq yevrobondlar chiqarishi mumkinligini ham ma’lum қилганэди.