51 yoshli A.A. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobusni «Dushanbe-Toshkent» yo‘lining 125-kilometrida haydab ketayotgan vaqtida boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga chiqib, ag‘darilgan, deya xabar qildi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Avariya 11 iyul kuni 11:00 da Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida sodir bo‘ldi.

Natijada avtobusning ikki nafar ayol yo‘lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan, shuningdek, qolgan 18 nafar yo‘lovchiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Haydovchi A.A. jarohat olmagan.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, hodisaga qizil rangli noma’lum Spark avtobusni «siqib ketgani» sabab bo‘lgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.