Buxoro davlat universitetida VATEL mehmonxona va turizm biznesi instituti o‘z ishini boshladi. Bu haqda Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil aprel oyida Fransiyaga qilgan tashrifi chog‘ida Buxoroda VATEL mehmonxona va turizm biznesi institutini ochish bo‘yicha bitim imzolangandi.

2019−2020-o‘quv yilidan ko‘plab yigit-qiz institutga qabul qilinadi. «Marko Polo» o‘quv dasturi asosida ta’lim beriladigan mazkur institutda talabalar 2-bosqich davrida VATELning 59 ta shunga o‘xshash maktablaridan birida bir yillik tahsil olish imkoniga ega bo‘ladi.