9 iyul kuni «Qamchiq» dovonidagi Ertosh aholi punktida surunkali yog‘ingarchiliklardan so‘ng sel keldi, deya xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Yo‘lda 200 metrlik tosh-qum uyumi paydo bo‘lishi natijasida 27 ta xo‘jalikka eltuvchi yo‘l to‘silib qoldi.

Kelgusi kuni «Qamchiq» maxsus qutqaruv-qidiruv boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati sel oqibatlarini bartaraf etdi. Jarayonga bir nechta maxsus texnika jalb qilindi.