2019 yil 11 iyul kuni taxminan soat 16:00 da «Paxtakor» metro bekatida 1961 yilda tug‘ilgan fuqaro K.V. temir yo‘l izlariga yiqilib tushgan. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari"ning telegram kanali orqali xabar berildi.

Stansiya xodimlarining tezkor xatti-harakatlari oqibatida keksa ayol platformaga hech qanday jarohatlarsiz olib chiqildi. U o‘zini metroga tushgan vaqtida boshi aylanganligini ta’kidladi.

Mazkur holat metropoliten poyezdlarining harakat jadvaliga ta’sir ko‘rsatmagan.

O‘zbekiston sinoptiklarining ogohlantirishlarini hisobga olgan holda, yo‘lovchilardan ehtiyot bo‘lishini va organizmning haddan tashqari qizib ketishiga kerakli choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.