Toshkentda triatlon bo‘yicha ilk bor «BEFIT INDOOR TRIATHLON» musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ishtirokchilar basseynda suzish, maxsus sport inventarlarida yugurish va velopoyga mashqlarini bajarishdi. Mazkur musobaqada quyidagi sportchilar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi:

Erkaklar:

1. Semyon Shadrin

2. Aleksandr Massel

3. Timur Jangirov.

Ayollar:

1. Anna Romanika

2. Irina Sheyna

3. Ramilya Xalikova.