2019 yil 8 iyulda imzolangan qonunga binoan Jinoyat-protsessual kodeks va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda Milliy gvardiyaning vakolati belgilandi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Tuzatishlarga binoan Milliy gvardiya organlarining mansabdor shaxslari pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi (bojxona qonunchiligini buzish bundan mustasno) va o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi (MJTKning 1851, 2101-moddalari). Keyin bayonnoma MJTKning 282-moddasi tartibida sudga yuboriladi.

Shunga o‘xshash jinoyat ishlari kabi (JKning 2501, 2591-moddalari) Milliy gvardiya va uning joylardagi bo‘linmalari surishtiruv o‘tkazishga vakolatlidir. Bunda ilgari JKning 2501-moddasi bo‘yicha surishtiruv (ichki ishlar organlari), JKning 2591-moddasi bo‘yicha esa — dastlabki tergov (ish qo‘zgatgan organ) amalga oshirilgan.

Qonun «Xalq so‘zi» gazetasida e’lon qilingan va 2019 yil 8 iyuldan kuchga kirdi.