Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlar soni keyingi 3 yilda qariyb 3 barobarga oshdi. Bu haqda Kruz.uz sayti orqali xabar berildi.

Statistik ma’lumotlar bo‘yicha 2016 yilning yakuniga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 6 ming 270 nafardan ortiq turist tashrif buyurgan. 2018 yilda bu ko‘rsatkich 15 ming 300 nafarga yaqinni tashkil qilgan.

2018 yilda Qoraqalpog‘istonga dunyoning 108 davlatidan sayyohlar tashrif buyurgan. Ulardan aksariyati Fransiya, AQSH, Italiya, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya davlatlari fuqarolaridir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizmni rivojlantirish boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-iyun oylarida 8 ming 945 nafar turist kelgan. Demak, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 160 foizga oshgan.

Respublikada 2019 yil 1 iyul holatiga joylashtirish vositalari soni 41 tani tashkil qiladi (29 ta mehmonxona, 4 ta o‘tov uylar va 8 ta mehmon uylari). Jami 590 ta xonada 1 ming 226 o‘rin mavjud. Turistik sinfga mansub 8 ta avtobus, 11 ta yo‘l tanlamas avtotransport vositalari sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda.