O‘zbekiston fevralda yevrobondlar chiqarishni muvaffaqiyatli boshlaganidan so‘ng bu yil yana bir marta dollarda yevroobligatsiyalar chiqargan holda jahon bozoriga yo‘l ochishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki rahbari Mamarizo Nurmuratov 3−5 iyul kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Xalqaro moliya kongressi maydonlarida ma’lum qildi.

«Xalqaro sarmoyadorlar mamlakat kredit tarixini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozim, — dedi Markaziy bank rahbari. — Bizning birinchi chiqarishimiz hali bizga tarix yaratmaydi, u shunchaki benchmark yaratdi»

Mamarizo Nurmuratov so‘zlariga ko‘ra, yangi obligatsiyalar 1 mlrd dollarlik qiymatda chiqariladi. O‘zbekiston tijoriy banklari ham joriy yildan dollardagi obligatsiyalarini sotishni boshlashlari mumkin, deya qayd etdi MB rahbari.

«Bizga davlat xarajatlari uchun pul kerak emas, biroq biz xalqaro bozorda mavjud bo‘lib turishimiz lozim», — deb hisoblaydi Markaziy bank rahbari. U ayni vaqtda obligatsiyalarning dollarda chiqarilayotgani mantiqli ekanini qo‘shimcha qildi, chunki mamlakat tashqi savdosi asosan ushbu valyutada amalga oshiriladi.

Investorlarga O‘zbekistonga yevrobondlarning birinchi savdosi uchun 5,5 mlrd dollardan ziyod mablag‘ taklif etgan edi. Bloomberg Barclay indeksiga ko‘ra, obligatsiyalar 14 fevralda savdoga chiqarilgan vaqtdan 8,4 foizga ko‘tarilgan. Rivojlangan bozorlarda bu ko‘rsatkich 6,2 foizni tashkil etadi.

«Biz chet ellik sarmoyadorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar uchun signal beramiz va qarz majburiyatlari bozoriga chiqamiz», — dedi Mamarizo Nurmuratov.

Birinchi sotuvdan tushgan mablalar quyidagi shaklda taksimlandi: 889,2 mln dollar auksion orqali tijorat banklari depozit hisob raqamlariga joylashtirildi, 20 mln dollar «Agrobank"ka qarz sifatida berildi, 89,9 mln dollar esa Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga ssuda sifatida ajratildi.