Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi ko‘p asrlik chinor daraxti kesilayotganligi to‘g‘risidagi video lavha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga muvofiq Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi madaniyat va istirohat bog‘i markazida ko‘p yillik bir tup chinor daraxti mavjud bo‘lib, mazkur chinorning yon shoxi tabiiy omillar ta’sirida to‘liq qurib qolganligi hamda odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solish ehtimoli mavjudligi sababli, shuningdek, sog‘lom qismiga salbiy ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan faqat qurigan shoxi kesilgan.

Kelgusida mazkur bog‘ «Obod markaz» dasturi asosida rekonstruksiya qilinib, chinor daraxti ko‘p asrlik tabiat yodgorligi sifatida uning yon-atroflarini maxsus to‘siq bilan o‘rash olish rejalashtirilgan.