“Gazeta.uz” saytida 9 iyul kuni e’lon qilingan “Jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudi raisi qo‘lga olindi” sarlavhali xabar sarlavhasi va matnida tahririyat xodimi tomonidan “Chinoz” so‘zi o‘rniga “Chilonzor” so‘zi yozilgani yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Ushbu xatolikka yo‘l qo‘ygan xodim buni qasddan qilmagani, e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yganini tan olib, o‘quvchilardan hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi raisi Ilgizar Sobirovdan chin dildan uzr so‘raydi. Shuningdek, kelgusida bu kabi xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik, barcha ma’lumotlarga jiddiy e’tibor qaratishga so‘z berdi.

Tahririyat tomonidan xatoga yo‘l qo‘ygan xodimga nisbatan tegishli choralar ko‘rilib, xabar va maqolalarning to‘g‘ri va xatosiz e’lon qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi.

“Gazeta.uz” tahririyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi raisidan uzr so‘raydi.