2019 yilning 8 iyul sanasida Buxoro shahrida «Bukhara City» zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq, Buxoro shahrining belgilangan hududlarida samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydonda «Bukhara City» zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi barpo qilinadi.

Qarorga ko‘ra, «Bukhara City» hududida ob’ektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi tashkil etildi.

Mazkur majmuani barpo etish jarayonida zarur tadbirlarni tashkillashtirish va investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha viloyat kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Majmua hududida muzey, xalqaro konferensiya va forumlar o‘tkazish uchun «Ekspomarkaz», biznes markazi, kinoteatr, teatr, kutubxona, banklar, ofislar, turar joy binolari va boshqa zamonaviy ob’ektlarni joylashtirishga ustivorlik beriladi.