4−7 iyul kunlari Qozog‘istonning Nur-Sultan shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur musobaqada qit’aning 20 mamlakatidan tashrif burgan yosh kurash ustalari g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Unda to‘liq tarkib bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza, jami 12 ta medalini qo‘lga kiritdi. Musobaqada sovrindor bo‘lgan sportchilar bilan tanishing:

Oltin medal:

Amir Sultonov (yunon-rim kurashi, -60 kg)

Mushtari Tolipbekova (ayollar kurashi, -40 kg)

Kumush medal:

Abror Ataboyev (yunon-rim kurashi, -55 kg)

Laylo Sobirova (ayollar kurashi, -40 kg)

Nodirbek Yoqubov (erkin kurashi, -40 kg)

Arslon Rahimov (erkin kurashi, -40 kg)

Shohruh Jo‘rayev (erkin kurashi, -40 kg)

Bronza medal:

Quvonch Toshnazarov (yunon-rim kurashi, -48 kg)

Jahongir Hoshimov (yunon-rim kurashi, -93 kg)

Samandar Bobonazarov (yunon-rim kurashi, -73 kg)

Rushana Abdurasulova (ayollar kurashi, -65 kg)

Kamronbek Qadamov (erkin kurash, -48 kg).