Joriy yilning 6 iyul kuni soat 17.15larda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashagan 58 yoshli M.A. boshqaruvidagi «Lacceti» rusumli avtomashinani Zarangari mahallasida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Poskati qishlog‘ida yashagan 59 yoshli A.R. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada ikkala avtomashina haydovchilari hamda «Cobalt» avtomashinasining yo‘lovchisi 54 yoshli R.S. jarohat olib voqea joyida vafot etgan.

«Lacceti» avtomashinasining uch nafar yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Shuningdek «Lacceti» avtomashinasining 1 nafar va «Cobalt» avtomashinasining besh nafar yo‘lovchilariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.