Mirziyod Rahmatovich Yunusov elektrotexnika sanoat korxonalarini birlashtirgan «O‘zeltexsanoat» Uyushmasi boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi. Ushbu tayinlovga qadar Mirziyod Yunusov Artel Engineering and Management kompaniyasida departament mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Juma kuni bosh vazir Abdulla Aripov uyushmada yig‘ilish o‘tkazib, kadrlar masalasini muhokama qildi. Uchrashuvdan so‘ng «O‘zeltexsanoat"ga 12 martdan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Alisher Abdullayev lavozimini tark etdi.

May oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti imzolagan qarorga ko‘ra, «O‘zeltexsanoat» korxonalari 2022 yil 1 yanvarga qadar mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan va import qilingan xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va uskunalar uchun bojxona bojlarini to‘lashdan ozod qilindi. Bundan tashqari, 1 ildan boshlab jumladan strategik sub’ektlar tomonidan elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan 20 foizgacha narx preferensiyasi qo‘llaniladi.