O‘zbek sportining afsonalaridan biri, xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, basketbolchi Ravilya Nadjipovna Salimova 77 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Ravilya Salimova 1941 yil 8 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida tavallud topgan. Basketbol bo‘yicha Sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibida 2 karra karra jahon chempioni, 4 karra Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, ikki marta Butunjahon universiada o‘yinlarida oltin medallarga sazovor bo‘lgan.

Klubdagi faoliyati davomida nafaqat Sobiq Ittifoq, balki qator xorijiy jamoalardan taklif bo‘lsa-da, faqat Toshkentning «Mehnat» va SKIF jamoalari sharafini himoya qildi. Professional sportdagi faoliyatini yakunlagach O‘zbekistondagi ko‘plab bolalar va o‘smirlar sport maktablarida o‘z mahoratini yoshlarga o‘rgatib keldi.