O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bir uyda istiqomat qiluvchilar tomonidan MIB inspektorining kaltaklanishi tasvirlangan videoyozuvga izoh berdi.

Byuro matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, 29 iyun kuni taxminan 11:00 da MIBning Sherobod tuman bo‘limi davlat isnpektorlari A. Eshonqulov, S. Fozilov va P. Taylonov «Gurin gilambob» mahallasida raqamli hisoblagichda 6545 kVt.s ko‘rsatkich bilan elektr energiyasi uchun 1 mln so‘mdan ziyod muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lgan B. Normurodovning xonadonini ko‘zdan kechirgan.

Byuroning qayd etishicha, uy xo‘jayini qarzdorlik to‘g‘risida ogohlantirish organ, biroq uni o‘z muddatiga to‘lamagan. B. Normurodov va uning uch nafar o‘g‘li — U. va L. Normurodov hamda E. Berdimurodov — faol ravishda inspeketorlar faoliyatiga qarshilik qilib, ularni haqoratlagan va inspektoor Taylonovning boshi bo‘ylab tan jarohatlari yetkazib, Eshoqulovni yotqizib olib tepkilagan.

Sherobod tuman prokuraturasi 3 iyul kuni E. Berdimurodov va L. Normurodovga nisbatan Jinoyat kodeksining 219- modda 2-qism bo‘yicha (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) jinoiy ish qo‘zg‘atdi.