Surayyo Mahmudovna Rahmonova Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasining Davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot kotibi Hikmatulla Ubaydullayev «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Surayyo Rahmonova AOKAga o‘tguniga qadar2018 yildan buyon Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot xizmatida bo‘lim boshlig‘i va rahbar sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Surayyo Rahmonova (1978 y. t.) Toshkent davlat yuridik universitetida 2000 yilda bakalavr, 2002 yilda esa magistr darajasiga ega bo‘ldi. Dotsent (2015), yuridik fanlar doktori (2018).