Yana ham yaqinroq mintaqaviy va mintaqalararo hamkorlik tinchlik va farovonlik uchun juda muhim bo‘lgan bugungi o‘zaro kuchli bog‘liq dunyoda Yevropa va Markaziy Osiyo hech qachon bir-birlariga bu qadar yaqin bo‘lmagan. Qanday bo‘lmasin, birgalikda ishlashning mumkin bo‘lgan foydalari bugun shunchalik barchaga ravshan.

Biz Markaziy Osiyo uchun muhim o‘zgarishlarga guvoh bo‘lmoqdamiz. Markaziy Osiyo davlatlari o‘zlarining mintaqaviy hamkorlikka tayyor ekanliklarini namoyon etib, muhim islohotlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Bu davlatlar erishgan mustaqilliklari va o‘zaro bog‘liqliklari orqali yanada kuchliroq bo‘lishdi. Qisqa qilib aytganda, Markaziy Osiyo siyosiy ahamiyatini hozirgi kunda, Sharq va G‘arb uchun muhim hamkor sifatida geografik o‘rni aks ettirmoqda, biroq hali ko‘plab muammolar hamon o‘z yechimini kutmoqda.

Ushbu yangi, ijobiy siyosiy kontekstda, Yevropa Ittifoqi — barcha Yevropa Ittifoqi a’zo davlatlari bilan — Markaziy Osiyo bilan munosabatlariga yangi yondashuvni ishlab chiqdi. Bizning yangi strategiyamiz mintaqaning barqarorligini va farovonligini qo‘llab-quvvatlashga, keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, fuqarolar manfaati uchun Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo hamkorligini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Yevropa Ittifoqi mintaqa uchun tabiiy hamkordir. Bizning hamkorligimiz tarixi bizni qo‘shnilarimiz bilan o‘zaro foydali hamkorlik va integratsiyaning foydali tomonlariga ishonch hosil qildiradi va biz hech qanday siyosiy o‘yinlarsiz ushbu tajribani boshqalar bilan bo‘lishishimiz mumkin.

Biz Markaziy Osiyo mamlakatlarini ijtimoiy, iqtisodiy yoki ekologik jihatdan qat’iyroq bo‘lishda qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu mustaqil ommaviy axborot vositalarini mustahkamlash, fuqarolik jamiyati uchun imkoniyatlar ochish, qonun ustuvorligi va yaxshi boshqaruvni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurash va yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishni anglatadi.

Biz mintaqaning ravnaqiga hissa qo‘shishni istaymiz. Dunyo bo‘ylab xususiy investitsiyalarning eng katta manbai bo‘lgan Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda barqaror bog‘liqlik loyihalariga salmoqli sifatli sarmoyalarni jalb qilish imkoniyatini yaratib beradi. Shu maqsadda Yevropa Ittifoqi mintaqaning iqtisodiyotini isloh qilish va modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi, shu jumladan mustahkam xususiy sektorni rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir. Yevropa Ittifoqi ham Markaziy Osiyo mamlakatlari Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishining muhim tarafdoridir.

Ushbu ikki asosiy tamoyillar bilan bir qatorda, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo bizning ikki mintaqamizni bir-biriga bog‘lash, shuningdek, Markaziy Osiyodagi aloqalarni mustahkamlash uchun yanada chuqurroq ishlashga harakat qilishadi. Xususan, bu ishlarni barqaror, ochiq va qoidalarga asoslangan holda amalga oshirilishini, va qarzdorlik yoki sifatsiz infratuzilmani oldini olishni ta’minlashlari kerak.

Xuddi shunday tarzda, hech bir yagona davlat yakka o‘zi hal qilolmaydigan muammolarni, shu jumladan atrof muhit muhofazasi, suvni boshqarish, chegara boshqaruvi, terrorizmga qarshi kurashda va giyohvand moddalarni noqonuniy aylanishi kabi muammolarga yechimini birgalikda topishda Yevropa Ittifoqi O‘rta Osiyo davlatlari bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor.

Afg‘onistonda tinchlikni o‘rnatish xalqaro hamjamiyatni, jumladan, Markaziy Osiyo hamkor davlatlarini faol qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan yana bir dolzarb muammodir. Afg‘onistonni tegishli mintaqaviy uchrashuvlar va dasturlarda muvofiqlashtirish va Afg‘oniston va Markaziy Osiyo hamkorlari bilan mintaqaviy va uch tomonlama hamkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, shu sababli birgalikdagi faoliyatimizda ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi.

Bu haftaning oxirida Bishkekda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari yillik mintaqaviy uchrashuvini Tashqi ishlar vazirlari darajasida o‘tkazadi. Yevropa Ittifoqining fikriga ko‘ra, bizning hamkorligimiz mintaqadagi va Yevropa Ittifoqi fuqarolari uchun kuchli va diversifikatsiyalangan iqtisodiyotlardan bevosita foyda keltiradi, jumladan talabalar uchun Yevropa davlatlarida kerakli tajriba olishga va ish izlayotgan odamlarga ko‘proq imkoniyatlar yaratadi, va yana muhimi, mintaqa barcha uchun tinchroq va xavfsizroq bo‘ladi. Bugungi dunyoda biz uchun ikki mintaqa o‘rtasida kuchli hamkorlik zarur. Bunga erishish uchun, keling birgalikda harakat qilaylik.

Mualliflar: Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy Vakili va Yevropa Komissiyasining vitse-prezidenti Federika Mogerini va Yevropa xalqaro hamkorlik va rivojlanish komissari Neven Mimika.