Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston chegara-bojxona postlari orqali harakatlangan avtotransport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha sarflangan o‘rtacha vaqt yuzasidan joriy yilning iyun oyi natijalarini chegara bojxona postlari kesimida e’lon qildi.

Yengil avtomashinalar qaysi chegara-bojxona postida bojxonadan tezroq o‘tishgan?

Chegara-bojxona postlari orqali iyun oyi davomida 78023 ta yengil avtomobi harakatlangan va ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 12 daqiqa 42 soniya sarflangan.

  • 1- o‘rin. «Farg‘ona» chegara-bojxona posti — 56 soniya. 27693 ta yengil avtomobillar o‘tib qaytgan va bu ko‘rsatkich boshqa postlarga nisbatan eng ko‘p hisoblanadi;
  • 2- o‘rin. «Qarshi-Kerki» chegara-bojxona posti — 3 daqiqa 8 soniya. 181 ta yengil avtomobillar o‘tib qaytgan;
  • 3- o‘rin. «Andarxon» chegara-bojxona posti — 4 daqiqa 49 soniya. 1871 ta yengil avtomobillar o‘tib qaytgan.

Yuk avtotransport vositalari qaysi chegara-bojxona postida bojxonadan tezroq o‘tishgan?

Chegara-bojxona postlari orqali iyun oyi davomida 46943 ta yuk avtotransport vositaci harakatlangan va ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 19 daqiqa 31 soniya sarflangan.

  • 1- o‘rin. «Farg‘ona» chegara-bojxona posti — 1 daqiqa 3 soniya. 5056 ta yuk avtotransport vositalari o‘tib qaytgan;
  • 2- o‘rin. «Qarshi-Kerki» chegara-bojxona posti — 3 daqiqa. 340 ta yuk avtotransport vositalari o‘tib qaytgan;
  • 3- o‘rin. «G‘ishtko‘prik» chegara-bojxona posti — 3 daqiqa 29 soniya. 36 ta yuk avtotransport vositalari o‘tib qaytgan;

Eng ko‘p ya’ni 6195 ta yuk avtotransport vositaci «Navoiy» chegara-bojxona posti orqali harakatlangan va ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 30 daqiqa 34 soniya sarflangan.