2019 yil 2 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahar IIBga o‘zgalar pulini aldov yo‘li bilan o‘zlashtirishga doir hujjatlar to‘plami kelib tushdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

2018 yil dekabr oyida Qarshi tumanida yashovchi, xususiy tadbirkor 23 yoshli O.J. Qarshi shahar hududida tanishlari, Istiqlol mahallasida yashovchi 27 yoshli A.S. va shu mahallada yashovchi 28 yoshli A.I.larga Toshkent shahridan arzon narxda bolalar tagliklarini olib kelib berishini aytib, aldov yo‘li bilan A.S.dan 43 000 000 so‘m hamda A.I.dan 56 000 000 so‘m pullarini olib, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.J. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.