Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida YUNESKOning Butunjahon merosi masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqdaTurizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat O‘zbekiston rahbariyati tomonidan jahon merosini muhofaza qilishga doir qabul qilingan chora-tadbirlarni, shu jumladan hukumatning tarixiy shaharlardagi barcha qurilish ishlarini to‘xtatishga oid qarorini tasdiqlaydi.

U shaharning istiqboldagi rivojlanishiga doir aniq tavsiyalarga ega bo‘lib, Shahrisabzni xavf ostidagi butunjahon merosi ro‘yxatida qoldirish haqida qaror qiladi.

O‘zbekiston tomon ikki yil muddat ichida shaharning regeneratsiya rejasi loyihasini ishlab chiqish majburiyatini oldi. Ta’kidlash joizki, Bokudagi tadbirda O‘zbekistondan Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.