2019 yil 30 iyun kuni soat 05:25larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani Aqmang‘it OFY hududidan o‘tuvchi «Nukus-Aqmang‘it-Kegeyli» yo‘lida haydab ketayotib piyoda, Nukus tumani Ko‘k-tau MFYda yashagan 35 yoshli Jiyenbay Bekmuratovni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada piyoda Jiyenbay Bekmuratov kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu hodisaga guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz yoki ushbu hodisaga aloqador, shuningdek mazkur yo‘l-transport hodisasini sodir etgan shaxs va uning avtomashinasi haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz ichki ishlar organlarining hududidiy bo‘linmalariga yoki «102» telefon raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz, deyiladi xabarda.